Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab oldindan tarqatilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat bo‘yicha tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Savollar Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilib, hududiy boshqarmalarda markazlashgan holda chop etilgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, ayrim mas’ullar o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani va jarayonda adolatni ta’minlamagani sababli materiallar tarqalgan.
⚖️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini ma’lumotiga ko‘ra, holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.
Shu munosabat bilan matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 9–11-sinflar kesimida qayta o‘tkaziladi.