Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Jamoat joylarida xizmat itlari patrul ishlarini boshladi

Jamoat joylarida xizmat itlari patrul ishlarini boshladi

Xizmat itlaridan xiyobonlar, istirohat bog‘lari va bozorlarda giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida foydalaniladi.

IIV hamda Milliy gvardiya tomonidan jamoat joylarida xizmat itlaridan foydalanish tartibini belgilovchi qo‘shma qaror qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar xokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qarorga muvofiq, dastlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joylashgan jamoat joylarida xizmat itlari bilan birgalikda patrul naryadlari tajriba-sinov tariqasida faoliyat boshladi.

Hozirda Toshkent shahar IIBB Kinologiya bo‘limi xodimlari “Tashkent City Mall” savdo majmuasi, “City Park”, “Dream Park” va “Magic City” ko‘ngilochar maskanlarida xizmat faoliyatini olib bormoqda.

Xizmat itlari yordami jinoyatlarning oldini olishda, xususan, fuqarolarga yoki xodimlarga hujum uyushtirish holatlarini bartaraf etishda, jinoyat sodir etgandan keyin yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ushlashda, shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning qochishga urinishi yoki atrofdagilarga zarar yetkazish ehtimoli mavjud vaziyatlarda qo‘llaniladi.

Qarorga muvofiq, jonivorlarning xizmat davomiyligi ob-havo harorati +30°C dan yuqori yoki +1°C dan past bo‘lgan paytlarda 4 soatdan oshmasligi belgilangan.

Kiritildi: 13:14 15.10.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!