Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (UNDP) Falastin xalqiga yordam bo‘yicha rahbari Yako Silliyers Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Silliyersning so‘zlariga ko‘ra, Jahon banki joriy yilning mart oyida G‘azo sektorini tiklash uchun zarur investisiyalarni 23 milliardga baholagan, ammo o‘shandan beri Isroilning davom etgan harbiy harakatlari, jumladan, G‘azo shahrining jiddiy vayron bo‘lishi tufayli rekonstruksiya xarajatlari sezilarli darajada oshgan.
Shuningdek, u G‘azo sektorini tiklash uchun ketadigan vaqtning taxminiy muddatini aniq ayta olmasligini, bu moliyalashtirish hajmiga va tezkorligiga bog‘liq bo‘lishini, ammo bu “o‘nlab yillar”ga cho‘zilishi mumkinligini bildirdi.