Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Oq uy G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish deklarasiyasi matnini e’lon qildi

Oq uy G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish deklarasiyasi matnini e’lon qildi


Qo‘shma Shtatlar, Turkiya, Qatar va Misr G‘azo sektoridagi tinchlik kelishuvini olqishlab, uni saqlab qolish uchun birgalikda ishlashga va’da berdi.

Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan yuqorida tilga olingan mamlakatlar qo‘shma deklarasiyasi matnida aytilgan.

"Biz G‘azo sektorida keng qamrovli va uzoq muddatli tinchlik kelishuvi yo‘lida erishilgan yutuqlarni, shuningdek, Isroilning mintaqadagi qo‘shnilari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarini olqishlaymiz. Biz bu merosni amalga oshirish va asrab-avaylash, kelajak avlodlar tinchlikda gullab-yashnashi mumkin bo‘lgan institusional asoslarni barpo etish uchun birgalikda ishlash majburiyatini olamiz", deyiladi hujjatda.

Deklarasiyada, shuningdek, Yaqin Sharq “irqi, dini va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, tinchlik, xavfsizlik va iqtisodiy farovonlik muhitida o‘z intilishlarini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan” joy bo‘lishi uchun mintaqadagi barcha uchun bag‘rikenglik va teng imkoniyatlarga sodiqlik ta’kidlanadi.

“Biz mintaqada tinchlik, xavfsizlik va umumiy farovonlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va umumiy taqdir tamoyillariga asoslangan keng qamrovli qarashlarga egamiz”, — deyiladi hujjatda.

Tomonlar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi kelajakdagi kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘llar bilan hal etish muhimligini ta’kidladilar.

"Biz kelajakdagi nizolarni kuch ishlatish yoki cho‘zilgan mojarolar yo‘li bilan emas, balki diplomatik ishtirok va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdorimiz. Biz tan olamizki, Yaqin Sharq uzoq davom etgan urushlar, to‘xtab qolgan muzokaralar yoki erishilgan kelishuvlarning qisman, to‘liqsiz yoki tanlab amalga oshirilishining cheksiz siklini davom ettira olmaydi", deyiladi deklarasiyada.

13 oktyabr kuni Sharm al-Shayxda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va u yerda garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilish uchun chaqirilgan tinchlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Tani, AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin anklavida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy kelishuvni imzoladi.

Kiritildi: 10:00 14.10.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!