Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Makron Lekornyuni yana Fransiya bosh vaziri etib tayinladi — AFP

Makron Lekornyuni yana Fransiya bosh vaziri etib tayinladi — AFP

"To‘rt kun oldin Fransiya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqqan Sebastyen Lekornyu 10 oktyabr kuni kechqurun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan bu lavozimga qayta tayinlandi", deyiladi agentlik xabarida.

Elisey saroyining rasmiy veb-saytiga ko‘ra, Lekornyuga Fransiyaning yangi hukumatini shakllantirish topshirilgan.

"Men o‘z burchimni his qilgan holda, respublika prezidenti menga yuklagan vazifani qabul qilaman: Fransiya yil oxirigacha byudjetga ega bo‘lishini ta’minlash va vatandoshlarimizning kundalik muammolariga javob berish uchun hamma narsani qilish lozim. Biz fransuzlarni g‘azablantiradigan siyosiy inqirozni va Fransiyaning obro‘si va manfaatlariga putur yetkazadigan beqarorlikni tugatishimiz kerak", — deb yozdi Lekornyu X ijtimoiy tarmog‘ida.

Sebastyen Lekornyu birinchi marta 9 sentyabrda Fransiya bosh vaziri etib tayinlangandi. Lekornyu Makron so‘nggi ikki yil ichida tasdiqlagan hukumatning beshinchi rahbaridir.

Kiritildi: 17:35 11.10.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!