Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda reja qilinayotgan pulli yo‘llarda 150 km/s tezlikkacha ruxsat beriladi

O‘zbekistonda reja qilinayotgan pulli yo‘llarda 150 km/s tezlikkacha ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tashkil etiladigan pulli yo‘llarda 150 km/soatgacha tezlikda harakatlanishga ruxsat berilishi mumkin.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Hasan Umarovning ma’lum qilishicha, «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririda pulli yo‘llarga oid normalar ham belgilanmoqda. Qonun qabul qilingach, yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi va pulli yo‘llarda tezlikni soatiga 150 kilometrgacha oshirish mumkinligi belgilab qo‘yiladi.

Shu bilan birga, pulli yo‘ldan foydalanishdagi narx hisoblash metodikasi hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Bunda, stavkalarning eng yuqori cheklangan miqdorlari belgilab qo‘yilishi va investor yo‘l to‘lovini ana shu eng yuqori miqdordan oshirmasligi talab etiladi.

«Masalan, 100-200 km joyga boradigan bo‘lsa, yo‘lda bir nechta radarga tushadi. Haydovchi bitta radarga tushsangiz, kamida 200 ming so‘m jarima to‘laysiz. Pulli yo‘lda esa, dastlabki hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 200 km masofaga harakatlanish to‘lovi 100 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Bu hisob-kitoblar hali o‘zgarishi ham mumkin», – deydi mutaxassis.

Kiritildi: 14:06 11.10.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!