Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev — Uch karra Jahon chempioni!

Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev — Uch karra Jahon chempioni!

Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirgina erkaklar o‘rtasida 110 kg vaznda bahslar yakunlandi va Akbar Jo‘rayev barcha yo‘nalishlarda (dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va umumiy) oltin medallarni qo‘lga kiritdi — 196 + 232 = 428 kg!

Jo‘rayev dast ko‘tarishda 196 kg natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi!

U siltab ko‘tarishning uchinchi urinishida 245 kg.ga buyurtma berdi, ammo shtangani ko‘tara olmadi. Agar bu amalga oshganida — barcha yo‘nalishlarda jahon rekordchisi bo‘lardi!

Akbar Jo‘rayev shu tariqa uch karra jahon chempioni**ga aylandi!
— 2021 🏆 (Toshkent)
— 2023 🏆 (Ar-Riyod)
— 2025 🏆 (Forde)

**Alirizo Nasiriy (Eron) — siltab ko‘tarishda 231 kg va umumiy 415 kg natija bilan kumush medal sohibi.

Ruslan Nurudinov — siltab ko‘tarishda 228 kg va umumiy 414 kg natija bilan bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

U dast ko‘tarishda 186 kg natija bilan 4-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 08:30 11.10.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!