Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Sputnik Azerbaijan” agentligi rahbariga nisbatan ehtiyot chorasi uy qamog‘i bilan almashtirildi

“Sputnik Azerbaijan” agentligi rahbariga nisbatan ehtiyot chorasi uy qamog‘i bilan almashtirildi

Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavixga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirildi. Bu haqda “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselyov ma’lum qildi.

“Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavixga nisbatan ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirildi. U hozir Bokuda”, - dedi Kiselyov.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Ozarbayjon hukumati “Rossiya segodnya” tarkibiga kiruvchi Ozarbayjondagi Sputnik agentligining yetti xodimini asossiz qo‘lga olgan edi.

Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharriri Yevgeniy Belousov to‘rt oyga hibsga olingandi.

“Rossiya segodnya” media guruhi Ozarbayjon hukumatini o‘z xodimlarini ozod qilishga va nomaqbul vaziyatni zudlik bilan tartibga solishga chaqirgan.

Kiritildi: 21:45 10.10.2025. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!