Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoyda gigant tirbandlik: minglab mashinalar bir sutka yo‘lda qolib ketdi

Xitoyda gigant tirbandlik: minglab mashinalar bir sutka yo‘lda qolib ketdi

Xitoyning Anxoy provinsiyasida minglab avtomashinalar mamlakatdagi eng yirik yo‘l to‘lov punkti — Uchjuan bekatida uzoq tirbandlikda to‘xtab qoldi. Bu yerda harakat har ikki yo‘nalishda ham 36 ta bo‘lakka bo‘lingan, deya xabar beradi mahalliy OAVlar.

Tirbandlik Milliy bayram va kuz o‘rtalari festivali munosabati bilan sakkiz kunlik ta’tilning so‘nggi kunida yuzaga keldi.

Eng kuchli tirbandlik G40 (Shanxay-Sian) va G42 (Shanxay-Chendu) ikkita milliy avtomagistral chorrahasida kuzatildi. Hafta davomida Uchjuan bekati 860 mingga yaqin transport vositasini qabul qildi va o‘tkazdi. O‘rtacha kunlik trafik hajmi 120 mingdan oshdi, bu odatdagi darajadan uch baravar ko‘p.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri X platformasida yozganidek, odatda 10 soat davom etadigan sayohat bugun 16 soat davom etdi.

Avtotransport oqimini ta’minlash maqsadida avtomobil yo‘llari operatorlari va yo‘l xizmatlari avtomagistralga 60 dan ortiq evakuasiya va qutqaruv mashinasini jalb etdi. Bundan tashqari, yo‘l bo‘ylab 20 ta navbatchi brigadalar ajratilgan.

Xitoy Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlarida mamlakat bo‘ylab 2,43 milliard mintaqalararo sayohat amalga oshirilgan. O‘rtacha kunlik yo‘lovchilar soni 304 millionni tashkil etib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6,3 foizga ko‘pdir.

Kiritildi: 20:15 10.10.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!