Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya avtomobil sanoati inqirozga uchradimi?

Germaniya avtomobil sanoati inqirozga uchradimi?

Volkswagen va Mercedes kompaniyalari moliyaviy qiyinchiliklar bilan kurashmoqda. Bu haqda DW xabar beradi.

Iste’molchi talabining pastligi tufayli elektr transport vositalariga kiritilgan sarmoyalar o‘zini oqlamayapti. Natijada yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘n minglab ishchilarini ishdan bo‘shatyapti.

Germaniya sanoati ham akkumulyator ishlab chiqarish texnologiyasida sezilarli yutuqlarga erishgan Xitoy bilan raqobatlashyapti.

“Nemis ishlab chiqaruvchilari uchun elektr avtomobillarini ishlab chiqarish xarajatlari dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatmoqchimiz. Xitoy akkumulyator texnologiyasi ishlab chiqarishda ancha oldinda. Yaqin 3-4 yil ichida hech bir nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi u bilan raqobatlasha olmaydi”, — deydi avtomobilsozlik sohasidagi mutaxassis Daniel Kirxert.

Kiritildi: 20:05 10.10.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!