Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Ispaniyani NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi

Tramp Ispaniyani NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ispaniyani harbiy xarajatlarni oshirmaslikda ayblab, uni NATOdan chiqarish mumkinligini bildirdi. Bu haqda u 2025 yil oktyabr oyida Oq uyda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv chog‘ida aytdi.

«Ispaniya bu masalada orqada qolmoqda. Rostini aytsam, balki ularni umuman NATOdan chiqarish kerakdir», — dedi Tramp.

Uning bunday bayonotiga sabab — Madridning hanuzgacha mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirishdan bosh tortayotganidir. AQSh prezidenti buni qabul qilib bo‘lmas holat, deb baholadi:

«Ularda bunday xarajatlarni oshirmaslikka hech qanday uzr yo‘q», — dedi u.

Shu bilan birga, NATO ustavida a’zo davlatni tashkilotdan chiqarish yoki jazolash bo‘yicha aniq huquqiy mexanizmlar mavjud emas. Shuning uchun Trampning bayonoti ko‘proq siyosiy bosim sifatida baholanmoqda.

Ispaniyaning pozisiyasi

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches, ijtimoiy partiya rahbari sifatida, iyun oyida 5% xarajat miqdorini:

«Nafaqat aqlga zid, balki ijtimoiy davlat va Ispaniyaning qarashlariga zid», — deb ta’riflagan.

Ispaniya hozirda mudofaa xarajatlarini YAIMning 2,1% darajasida cheklashni rejalashtirgan.

Kiritildi: 17:17 10.10.2025. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!