Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Gruziyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan 13 kishi hibsga olindi

Gruziyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan 13 kishi hibsga olindi

Gruziya Ichki ishlar vazirligi 4 oktyabr kuni mahalliy saylovlar kuni bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar chog‘ida hukumatni to‘ntarishga uringan 13 kishi hibsga olingani haqida xabar berdi.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Daraxvelidze ma’lum qildi.

"4 oktyabrdagi tartibsizliklarda ishtirok etgan 15 nafar shaxs aniqlandi, ulardan 13 nafari qo‘lga olindi", — dedi u brifingda.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hukumatni ag‘darishga urinish, guruhli zo‘ravonliklarda ishtirok etish va konstitusiyaviy tuzumni o‘zgartirish ayblovlari bilan tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 11:45 07.10.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!