Sharm al-Shayxda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichining birinchi kuni yakunlandi.
Bu haqda Misrning "Al-Qohira al-Ixbariya" telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maslahatlashuvlar "ijobiy muhitda" o‘tgan va ular 7 oktyabrda davom etishi kutilmoqda. Muzokaralarning birinchi kunining oraliq natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot hozircha e’lon qilinmagan.