Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini oladimi?

Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini oladimi?

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti g‘olibi juma kuni e’lon qilinadi va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini nomzodlar qatorida ko‘rishga umid qilmoqda — ayniqsa G‘azo urushiga barham berish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha olib borgan muzokaralari fonida.

Garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytda, garovdagi shaxslar oilalari shtabi Nobel qo‘mitasi a’zolariga murojaat yo‘llab, AQSh prezidentiga Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berishni so‘radi.

🗣 «Biz sizga hayotimizdagi eng og‘ir, qorong‘u davrlarda murojaat qilmoqdamiz — yaqinlaridan ayrilgan, har kuni bo‘sh qolgan stulga tikilib, yaqinlari uyga qaytishini kutgan oilalar nomidan. Bugun biz katta minnatdorchilik va umid bilan sizga murojaat qilamiz: AQSh prezidenti Donald Trampga Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berishingizni so‘raymiz», — deyiladi murojaatda.

Shu bilan birga, ko‘plab mutaxassislar Trampning imkoniyatlari nihoyatda past deb hisoblashmoqda, garchi u o‘zining «etti urushni tugatgani» haqida bayonot bergan va bir qator xalqaro yetakchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa ham.

Bu orada Norvegiya hukumati Tramp mukofotni olmasligi ehtimoli yuzasidan diplomatik oqibatlardan xavotir bildirgan — ayniqsa, Osloning Isroil kompaniyalari va Caterpillar kompaniyasidan investisiyalarni qaytarib olish haqidagi qaroridan so‘ng, AQSh bilan munosabatlarda taranglik yuzaga kelgan bir paytda.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti 1901 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, boshqa Nobel mukofotlaridan farqli ravishda Shvesiya emas, balki Norvegiya tomonidan taqdim etiladi. Mukofotni Norvegiya parlamenti tomonidan tayinlangan besh kishilik qo‘mita beradi. U nafaqat shaxslarga, balki tashkilotlarga ham topshirilishi mumkin.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti g‘olibi juma kuni Oslodagi Nobel institutida e’lon qilinadi, tantanali topshirish marosimi esa 10-dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan sana munosabati bilan Osloning shahar hokimligida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:40 06.10.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!