Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyingi ilk parlament saylovlari o‘tkazildi — Associated Press

Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyingi ilk parlament saylovlari o‘tkazildi — Associated Press

"5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayoni bevosita emas, balki mintaqaviy saylov kollegiyalari orqali amalga oshirilgan. Bu tartibga ko‘ra, yangi parlamentga jami 210 deputat kiradi, ularning 140 nafari mintaqaviy komissiyalar orqali saylanadi, qolgan 70 nafari esa muvaqqat prezident Ahmad ash-Sharaa tomonidan tayinlanadi. Deputatlarning vakolat muddati 30 oy etib belgilangan, zarur bo‘lsa, bu muddat uzaytirilishi ko‘zda tutilgan", deya xabar bermoqda nashr.

Ma’lum qilinishicha, xavfsizlik choralari sababli joriy yil yozda druzlar va badaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan janubdagi As-Suvayda viloyatida, shimoliy-sharqdagi Al-Hasaka viloyatida va hanuz Suriya demokratik kuchlari nazoratidagi shimoldagi Ar-Raqqa viloyatida saylovlar o‘tkazilmagan. Shu bois 32 deputatlik o‘rni bo‘sh qoladi.

"Saylovda 1578 nafar nomzod qatnashdi, ulardan atigi 14 foizi ayollar. Nomzodlardan sobiq Asad rejimini qo‘llab-quvvatlamaslik va separatizm g‘oyalarini ilgari surmaslik talab qilingan", deyiladi Associated Press xabarida.

Kiritildi: 17:18 06.10.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!