Pentagonning yangi strategiyasi AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirishni nazarda tutadi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.
Prezident Donald Trampning ko‘rsatmasi bilan ishlab chiqilgan ushbu strategiyada asosan ichki tahdidlarga e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, nashr manbalari amerikalik yuqori martabali harbiylar orasida Pentagon rahbari Pit Hegsetning AQSh Qurolli Kuchlarini qayta tashkil etish va ommaviy ishdan bo‘shatish rejasi yuzasidan xavotirlar borligiga e’tibor qaratgan.