Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

FQB rahbari Yangi Zelandiya razvedkasiga taqiqlangan qurollarni sovg‘a qildi

FQB rahbari Yangi Zelandiya razvedkasiga taqiqlangan qurollarni sovg‘a qildi

Iyul oyida Yangi Zelandiyaga tashrifi chog‘ida Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kesh Patel mahalliy razvedka va polisiya rahbarlariga mamlakatda taqiqlangan 3D-bosma qurollarni sovg‘a qilgan edi. Ofiserlar oxir-oqibat ularni yo‘q qilishga majbur bo‘lishdi.

Bu haqda The Washington Post (WP) nashri xabar bermoqda.

Tilga olingan qurollar Yangi Zelandiya qonunchiligiga ko‘ra taqiqlangan 3D-bosma to‘pponchalar edi. Nashrning aniqlik kiritishicha, bunday sovg‘alarni kamida uchta yuqori martabali mahalliy xavfsizlik xodimi olgan. Oxir oqibat, qurollar yo‘q qilindi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Patel 31 iyul kuni Vellingtonda FQB idorasini ochgan. Hozirda u Tramp ma’muriyatidan Yangi Zelandiyaga tashrif buyurgan yagona yuqori martabali amaldor hisoblanadi.

Kiritildi: 19:45 30.09.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!