Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari mart oyidan beri Ukrainadagi 150 ga yaqin aholi punktini nazorat ostiga oldi

Rossiya qo‘shinlari mart oyidan beri Ukrainadagi 150 ga yaqin aholi punktini nazorat ostiga oldi

Rossiya armiyasi Ukrainadagi jangovar zonada strategik tashabbusga ega.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari 2025 yilning bahor-yoz oylarida Rossiya qo‘shinlarining olg‘a siljishini sekinlashtirishga uringan, biroq bu muvaffaqiyatga erishmagan.

Gerasimovning qo‘shimcha qilishicha, rus qo‘shinlari deyarli butun front chizig‘i bo‘ylab tinimsiz hujumlarini davom ettirmoqda.

Bosh shtab boshlig‘ining ta’kidlashicha, 2025 yil mart oyidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi umumiy maydoni 3500 kvadrat kilometr bo‘lgan 149 ta aholi punktini nazoratga olgan.

Kiritildi: 18:30 30.09.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!