Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Vengriya Rossiyaga qo‘llanilishi kutilayotgan sanksiyalarga qarshilik qiladimi?

Vengriya Rossiyaga qo‘llanilishi kutilayotgan sanksiyalarga qarshilik qiladimi?

Vengriya Yevroittifoqning uni energiya bilan ta’minlovchi Rossiya kompaniyalariga qarshi sanksiyalariga yo‘l qo‘ymaydi.

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto Kopengagenda Yevropa Ittifoqi hamkasblari bilan norasmiy uchrashuvda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, uchrashuvda Rossiyaga, xususan, energetika sohasiga qarshi 19-sanksiya paketi muhokama qilingan.

“Biz Bryussel va Kiyevga Vengriyaning energetik xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaymiz va shuning uchun Vengriya uning energiya ta’minotida muhim rol o‘ynaydigan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi”, dedi Siyyarto Daniya poytaxtida vengriyalik jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Kiritildi: 18:00 30.09.2025. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!