Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda do‘kon va dorixona peshlavhalari uchun to‘lov joriy etildi

Toshkentda do‘kon va dorixona peshlavhalari uchun to‘lov joriy etildi

Poytaxt hokimligi do‘kon va dorixonalardagi nom yozilgan peshlavhalarni “noqonuniy tashqi reklama” deb baholab, ularni olib tashlashni talab qilmoqda.

Tadbirkorlar aytganicha, talab hatto “mini market”; “dorixona”; “go‘sht do‘koni” kabi oddiy yozuvlarga ham qo‘llanmoqda.

Biznes-ombudsman rasmiysi Jamshid Hasanov: “Qaror qonuniy, lekin adolatli emas. Masalan, ‘dorixona’ so‘zi brend yoki tovar nomi emas. Biroq, agar yozuv 1 kv.m dan katta bo‘lsa, reklama sifatida baholanmoqda. Bu hukumatning 104-sonli qarorida ko‘rsatilgan. Biz qarorga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqyapmiz”.

Hozirgi amaldagi tartibga ko‘ra, hatto oddiy peshlavhalar ham reklama sifatida hisoblanib, tadbirkorlardan to‘lov talab qilinmoqda.

Manba: Paradigma.uz

Kiritildi: 16:45 30.09.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!