Ukrainaning Sumi viloyati, Krasnopilska mahallasi Chernechchina qishlog‘ida dron hujumi oqibatida ikki farzandli oila halok bo‘ldi.
Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Grigorov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning dronlari ikki farzandli turmush qurgan er-xotin yashaydigan turar-joy binosiga urilgan.
"Afsuski, hech kim qochib qutula olmadi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan to‘rt nafar qurbonning jasadini - ota-onalari va ularning 6 va 4 yoshli o‘g‘illarini olib chiqishdi", deb yozadi Grigorov.