Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Maduro AQSh hujumi sodir bo‘lgan taqdirda Venesuelada favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi

Maduro AQSh hujumi sodir bo‘lgan taqdirda Venesuelada favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh tomonidan qurolli hujum sodir etilgan taqdirda mamlakatda favqulodda holat joriy etish haqidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda Bolivar respublikasi ijrochi vise-prezidenti Delsi Rodriges suverenitet va tinchlik bo‘yicha milliy kengashning diplomatik korpus vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilgan. Uning so‘zlarini Venezolana de Televisión telekanali efirga uzatdi.

"Favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi farmon respublikamizning hududiy yaxlitligi, suvereniteti, mustaqilligi va hayotiy strategik manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan”, — dedi Rodriges.

Uning ta’kidlashicha, agar "AQSh qurolli kuchlari Venesuelaga qarshi tajovuz qilishga jur’at etsa" hujjat darhol kuchga kiradi.

Rodrigesning ta’kidlashicha, hujjat davlat rahbariga “konstitusiyada ko‘zda tutilganidek, infratuzilma, kommunal xizmatlar, neft-gaz sanoati va boshqa sohalarni zudlik bilan harbiy nazoratga olish uchun Respublika Milliy Bolivar Qurolli Kuchlarini butun mamlakat bo‘ylab safarbar qilish bo‘yicha maxsus vakolatlar” beradi.

Hujum sodir bo‘lgan taqdirda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, harbiy qismlar va rezervchilarni chaqirish, quruqlik, dengiz va havo chegaralarini himoya qilish, mamlakat hududiy yaxlitligini ta’minlash, aholini himoya qilish bo‘yicha ham rejalar amalga oshiriladi, dedi ijrochi vise-prezident.

Kiritildi: 11:00 30.09.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!