Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.R.ning (muqaddam sudlangan) “Cobalt” rusumli avtomashinasi “Yangiqo‘rg‘on-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan 2 500 quti “Milano New york” va 1 500 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:23 30.09.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!