Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh sudi Trampning ommaviy deportasiya rejalariga zarba berdi

AQSh sudi Trampning ommaviy deportasiya rejalariga zarba berdi

AQSh okrug sudyasi Jia Kobb Tramp ma’muriyatining hokimiyatga muhojirlarni sud muhokamasisiz tezda deportasiya qilish imkonini beruvchi tartibni ommaviy ravishda kengaytirishga urinishini blokladi, bu prezidentning ommaviy deportasiya rejalariga zarba bo‘ldi.

Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.

"Tezlashtirilgan yo‘qotish" deb nomlangan ushbu jarayon avval Meksika chegarasi yaqinida qo‘lga olingan muhojirlarni ikki hafta ichida AQShga kirgan taqdirda tezda deportasiya qilish uchun ishlatilgan.

Biroq yanvar oyida Tramp ma’muriyati prosedurani butun mamlakat bo‘ylab kengaytirib, uni AQShda ikki yilgacha bo‘lgan muhojirlarga nisbatan qo‘lladi.

Sudyaning fikricha, bu "shaxslarning noto‘g‘ri deportasiya qilinishiga, deportasiya qilinayotganlarning AQShda ikki yildan ko‘proq vaqt davomida bo‘lganligini isbotlash imkoniyatini yo‘q qilishga" olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 09:45 30.09.2025. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!