Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Pokistonda suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam yubordi

Xitoy Pokistonda suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam yubordi

Xitoy hukumati Pokistondagi suv toshqinidan jabrlanganlarga yordamning birinchi partiyasini yubordi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

Chodir, adyol va boshqa materiallardan iborat insonparvarlik yordami Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahridan jo‘nab ketdi va ikki samolyot Pokiston poytaxti Islomobodga yetib keldi.

Pokiston iyun oyidan beri kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda. Moddiy talofatlardan tashqari, qurbonlar soni ortib bormoqda.

Xitoy Pokistonga favqulodda yordam sifatida 2 million dollar ajratdi. Pokistonning suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun Xitoy hukumati umumiy qiymati 100 million yuan (taxminan 14 million dollar) miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratishga qaror qildi.

Qolgan gumanitar yordam hozirda mamlakatda yig‘ilmoqda. Yaqin kunlarda Pokistonga yuboriladi.

Kiritildi: 21:35 29.09.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!