Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yana bir boks afsonasi World Boxing prezidentligi uchun kurashmoqchi

Yana bir boks afsonasi World Boxing prezidentligi uchun kurashmoqchi

Ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichko ham World Boxing tashkiloti prezidentligi uchun kurashadi.

Saylov noyabr oyida o‘tkaziladi. Tashkilotning hozirgi prezidenti Boris van der Vorst navbatdagi muddat uchun nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Gresiya boks federasiyasi prezidenti Xaris Mariolis ham saylovda qatnashadi.

Shu tariqa, hozirgi norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gennadiy Golovkin, Vladimir Klichko va Xaris Mariolis prezidentlik uchun kurash olib boradi.

Nomzodlar ro‘yxati saylov bo‘lishiga 30 kun qolganida rasman e’lon qilinadi.

Kiritildi: 22:41 26.09.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!