Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro musobaqada uchinchi bor mutlaq g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro musobaqada uchinchi bor mutlaq g‘olib bo‘ldi

Joriy yil 21–26 sentyabr kunlari Koreya Respublikasi Kongvando provinsiyasi Inje shahrida Quruqlik qo‘shinlari Ilmiylashtirilgan mashg‘ulot markazida Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Koreya, O‘zbekiston, AQSH, Yangi Zelandiya, Kambodja davlatlari hamda NATO qo‘shma guruhidan jami 16 ta jamoa va 500 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

Bellashuvda harbiylarimiz shartli dushmanning zaxira va asosiy qo‘mondonlik punktini 21 daqiqada, mudofaada turib uni yakson etishni esa 25 daqiqada amalga oshirib, rekord natijalar qayd etdi.

Shuningdek, serjant Bekzod Nodirov “Eng yaxshi o‘qchi” nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Natijada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi uchinchi marotaba ushbu nufuzli musobaqada mutlaq g‘olib bo‘ldi.

Ertaga, 27 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida g‘olib harbiylarimizni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:01 26.09.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!