Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Biznesga birinchi qadam”ni MKBANK bilan qo‘ying!

“Biznesga birinchi qadam”ni MKBANK bilan qo‘ying!

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan har qanday to‘siqlarga murosasiz bo‘lish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbarining sohaga bo‘lgan yuksak e’tibori natijasida yurtimizda “tadbirkor bo‘laman”, degan insonlar soni orta boshladi. Soha yildan yilga rivojlanishi ortidan tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jadal kirib kelayotgan yurtdoshlarimiz ko‘payib boryapti. Kerak bo‘lsa, bitta mahallada o‘nlab tadbirkor ish boshlayapti. Bunda esa ularga banklar tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar yordam bermoqdaki, o‘z biznesini boshlash istagidagi aholi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan.

Bunga “Mikrokreditbank” ATB tomonidan taqdim etilgan “Biznesga birinchi qadam” mikroqarzini misol qilib keltirish mumkin. Mikroqarz muddati 24 oydan 36 oygacha, yillik 27-28% gacha taqdim etiladi.

Shuningdek, mazkur kredit 1-bosqichda bazaviy hisoblash miqdorning 20 barobaragicha, 2-bosqichda esa bazaviy hisoblash miqdorning 35 barobaragicha ajratiladi.

“Biznesga birinchi qadam” mikroqarzini rasmiylashtirishda o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan muddatni tanlashingiz va zarur summani olishingiz mumkin.

Bank tomonidan bugunga qadar 7 trln. soʻm kreditlar ajratilgan bo‘lib, shundan 266,4 mlrd. soʻmi “Biznesga birinchi qadam” mikroqarziga to‘g‘ri keladi.

Yana bir e’tiborli jihati, “Mikrokreditbank” ATB chekka hududlarda yashovchi aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish maqsadida xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Bank 2025-yil davomida chet el moliya institutlaridan jami 260 mln. AQSh dollari miqdorida resurs jalb qilishni rejalashtirgan. Ushbu rejaning amaliy ifodasi sifatida Singapurning “Olam Global Agri [Treasury] Pte Ltd” kompaniyasi bilan 15,8 mln AQSh dollarlik savdoni moliyalashtirish bitimi imzolandi va mablag‘ jalb qilindi.

Mazkur resurs hisobidan xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tashabbuslarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

Mikrokreditbank tomonidan 2025-yilda kichik va oʻrta biznesga 5,4 trln. soʻm va dasturlar doirasida 2,9 tlrn soʻm kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 315 mlrd. soʻmi “Biznesga birinchi qadam” doirasiga yo‘naltiriladi.

Kredit reytingini “oʻrta” toifadan “yaxshi” toifaga oʻtkazishda bank 38,6 mingta potensial mijozlar bilan tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan targʻibot ishlari oʻtkazildi. Ushbu mijozlardan 8,1 ming nafari tadbirkorlik qilish istagini bildirishdi va ularning 1,6 mingtasiga 46,4 mlrd. soʻm kredit ajratildi.

2025-yil sentabr-dekabr oylarida bank tomonidan kichik va oʻrta biznesga 2,1 trln. soʻm, shundan dasturlar doirasida 1,2 trln. soʻm kredit ajratiladi. Jumladan, ulardan 108,7 mlrd. soʻmi “Biznesga birinchi qadam” mikroqarziga to‘g‘ri keladi.

Ahamiyatlisi, mazkur mikroqarzni rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslar ham olishi mumkin.

MKBANK bilan biznesingizni oson boshlang!

Bank Axborot xizmati

Kiritildi: 15:57 26.09.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!