Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya hukumati harbiy ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi — TASS

 Rossiya hukumati harbiy ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi — TASS

Qonun loyihasi Davlat Dumasining (parlament) “Edinaya Rossiya” partiyasi vakillari Andrey Kartapolov, Andrey Krasov, Ernest Valeev va Vasiliy Piskaryov tomonidan tayyorlangan.

Rossiya Vazirlar Mahkamasi bu tashabbusni "tegishli eslatmalarni hisobga olgan holda qayta ishlash sharti bilan" qo‘llab-quvvatladi deya xabar bermoqda TASS agentligi.

Qonun loyihasida harbiy majburiyatdan qochgan shaxslar bilan birga ularning yaqin qarindoshlari, shu jumladan farzandlarining ham fuqaroligi bekor qilinishi taklif etilmoqda.

Rossiyada amaldagi qoidalarga ko‘ra, mamlakat fuqaroligini yangidan olgan shaxslar ikki hafta ichida harbiy ro‘yxatga olish idorasiga borishlari yoki bir hafta ichida davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirishlari shart.

Kiritildi: 18:31 22.09.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!