Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti Seul AQSh va KXDR o‘rtasidagi potensial kelishuvga rozi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi

Janubiy Koreya prezidenti Seul AQSh va KXDR o‘rtasidagi potensial kelishuvga rozi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi

Li Chje Myonning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv doirasida Shimoliy Koreya yadroviy qurol ishlab chiqishni to‘xtatadi, lekin undan voz kechmaydi.

"Pxenyan har yili qo‘shimcha 15–20 ta yadroviy qurol ishlab chiqarmoqda. Bu vaziyatda to‘liq denuklearizasiya o‘rniga “vaqtinchalik favqulodda chora” sifatida yadroviy qurol ishlab chiqarishni muzlatish mantiqiy va real yechim bo‘lishi mumkin. Bu kelishuvga erilishsa, barcha tomonlar uchun manfaatli bo‘ladi", — dedi Janubiy Koreya prezidenti.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya 2022 yilda o‘zini “yadroviy davlat” deb e’lon qilgan. Pxenyanni yadroviy dasturdan voz kechishga majburlash urinishlar natija bermagan, KXDR 2019 yildan buyon rasman muzokaralarga qaytish chaqiriqlarini rad etib kelmoqda.

Kiritildi: 18:14 22.09.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!