Kim Chen In bu qurol haqida tafsilot bermadi, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatning jangovar salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shadi.
Shuningdek, u “dengiz qudratini shakllantirishdagi birinchi muhim qadam” sifatida yangi esmineslar qurilishini ham esga oldi.
O‘tgan hafta esa KXDRda strategik va taktik razvedka dronlari hamda zarba dronlari sinovdan o‘tkazilgan edi.