Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bog‘chalarda 8 oyda 9 tonndan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti aniqlandi

Bog‘chalarda 8 oyda 9 tonndan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti aniqlandi

Shu yilning 8 oyi davomida Sanepid qo‘mita jami 3554 ta bog‘chada tekshiruv o‘tkazdi.

Natijalarga ko‘ra:
🔸8122 ta tayyor ovqat namunasidan 323 tasi me’yorga javob bermadi;
🔸4461 ta ichimlik suvi namunasidan 237 tasi talabdan past chiqdi;
🔸4 986 ta ovqat namunasidan 878 tasi to‘yimsiz chiqdi;
🔸12 301 ta sabzavot namunasidan 257 tasida nitrat me’yoridan ortiq;
🔸2321 ta tuz namunasidan 718 tasida yod yetishmasligi qayd etildi.

Shuningdek, bu davrda 446 nafar xodim tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmagani uchun ishdan bo‘shatilgan va 110 ta muassasa vaqtincha yopilgan.

Kiritildi: 19:27 15.09.2025. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!