"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Narpay tumanidagi “J.” xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish sexi hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 884 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy va oqilona foydalaning.
Nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan tadbirlar doimiy ravishda amalga oshiriladi.