Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezidentimiz bog‘cha tarbiyachilari uchun muhim yangilik e’lon qildi

Prezidentimiz bog‘cha tarbiyachilari uchun muhim yangilik e’lon qildi

Mamlakatimiz Prezidenti maktabgacha ta’lim sohasi va bog‘cha tarbiyachilari uchun qator muhim yangiliklarni ma’lum qildi.

Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin pedagog faoliyat yuritmoqda. Biroq ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Bu esa tarbiyachilarning maoshidagi farqqa ham ta’sir ko‘rsatmoqda, chunki toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi.

Shu sababli davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Rejaga ko‘ra, har yili 10 mingdan ziyod tarbiyachi oliy ma’lumotli bo‘lishi ta’minlanadi.

Yana bir muhim yangilik sifatida, har bir viloyatda Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etiladi. U yerda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalar va zamonaviy metodikalarni o‘rganadi.

Eng muhimi, mazkur markazlar nafaqat davlat, balki xususiy bog‘cha tarbiyachilari uchun ham ochiq bo‘lib, ular doimo bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 14:14 15.09.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!