Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda avtobus cho‘kkan yo‘lga tushib ketdi

Toshkentda avtobus cho‘kkan yo‘lga tushib ketdi

U salkam 5 soatda cho‘kish joyidan chiqarib olingan.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘lovchi avtobus cho‘kkan yo‘lga botib qoldi. Holat yuzasidan “ToshshahartransxizmatAJ ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 101-sonli avtobus yo‘nalishida tasarruf etilayotgan “MAN” rusumli avtobus soat 05:40 larda M.Ulug‘bek tumani Gulsanam ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelib, TTZ bozori bekatiga to‘xtash vaqtida transportning o‘ng tomoni yerga cho‘kib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lning qatnov qismida olib borilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng yo‘l qatnov qismi avtobusning og‘irligini ko‘tara olmagan.

Voqea joyiga “5-Avtobus saroyi” filiali rahbari va mas’ul xodimlar zudlik bilan yetib borib, avtobusni yerdan olib chiqish choralarini ko‘rgan va soat 10:10 larda avtobus cho‘kish joyidan olib chiqilgan. Mazkur hodisa oqibatida yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan.

“Hozirda avtobus soz holatda bo‘lib, sanitar holati tartibga keltirilib, qayta yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish uchun tasarruf etilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:30 15.09.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!