Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Putinga Kiyevda muzokaralar o‘tkazishni taklif qildimi?

Zelenskiy Putinga Kiyevda muzokaralar o‘tkazishni taklif qildimi?

Ukraina prezidenti bu haqda ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytdi. Uning fikricha, Putinning Moskvada uchrashuv o‘tkazish g‘oyasi vaqtni cho‘zishga qaratilgan.

"Har kuni mamlakatim raketa zarbalari va hujumlarga uchrayotgan bir paytda men Moskvaga bora olmayman. Men bu terrorchilarning poytaxtiga bora olmayman", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Afsuski, biz Alyaskadagi uchrashuvda qatnashmadik. Menimcha, Putin prezident Trampdan o‘zi xohlagan narsalarni oldi. Bu juda achinarli;

◾️ Putin men bilan uchrashishni xohlamaydi, lekin u AQSh prezidenti bilan uchrashishni judayam istaydi. U barchaga Tramp bilan tushgan videolar va suratlarni ko‘rsatishni xohlaydi;

◾️ Rossiyaga qo‘shimcha bosim kerak, buni barcha yaxshi tushunadi. Bizga Qo‘shma Shtatlarning bosimi zarur;

◾️ Menimcha, prezident Trampning yevropaliklar haqidagi qarashi to‘g‘ri. Men barcha hamkorlarimizdan minnatdorman, lekin ularning ba’zilari hali ham Rossiya nefti va gazini sotib olishda davom etishmoqda. Bu adolatsizlik. Shuning uchun biz Rossiyadan energiya manbalarini sotib olishni butunlay to‘xtatishimiz zarur. Bu qotilni to‘xtatishning eng samarali yo‘llaridan biri. Biz uning qurolini olib qo‘yishimiz kerak. Uning quroli — bu energiya resurslari;

◾️ Men AQSh prezidenti Donald Trampga har qanday uchrashuvga tayyorligimni, lekin bu Rossiyada bo‘lmasligini aytganman;

◾️ Ukrainadagi har qanday xavfsizlik kafolatlari faqatgina bizning armiyamizga asoslanishi mumkin;

◾️ Putin Uitkoffga yil oxirigacha Donbassni to‘liq egallab olishini aytgan. U bunday qilolmaydi. Buning uchun uzoq yillar va millionlab odamlarning hayoti kerak bo‘ladi. Agar Rossiya buni tezlashtirmoqchi bo‘lsa, bir million emas, balki 2-3 million harbiysidan ayriladi;

◾️ Putin men bilan uchrashishni xohlamaganligi uchun qabul qilinmasligi aniq bo‘lgan takliflarni ilgari surmoqda, bu uning taktikasi;

◾️ Ukrainada “bufer zona” tashkil etish rejasi katta xato. Bizda allaqachon “bufer zona” bor, bu dronlar chizig‘i. Bizda 10-20 km kenglikdagi “o‘lim zonalari” mavjud. Bu hududga kirgan har qanday tank yoki zirhli texnika dronlar tomonidan yo‘q qilinadi;

◾️ Donbassda bizning kuchli qo‘shinlarimiz joylashgan, bu mustahkamlangan hududlardir.

Kiritildi: 17:24 09.09.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!