AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pentagon — AQSh Mudofaa vazirligini “Urush vazirligi” deb qayta nomlash imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning ikkinchi prezidentlik muddatining dastlabki kunlaridanoq Pentagon qonunchilik takliflari ustida ish boshlagan. Ushbu takliflar vazirlikning nomini va uning rahbarining lavozimini o‘zgartirishga imkon berishi mumkin. Hozircha Oq uy Kongress roziligisiz buni amalga oshirish yo‘llarini izlayapti.
AQShda “Urush vazirligi” 1789 yildan 1947 yilgacha mavjud bo‘lgan. Keyin u Milliy harbiy idoraga aylantirilgan, 1949 yilda esa hozirgi nomi — Mudofaa vazirligi (Department of Defense) qabul qilingan.
Bu hafta boshida Tramp ma’lum qilganidek, unga vazirlikning “eski nomi” ko‘proq ma’qul. Uning fikricha, “Urush vazirligi” atamasi faol va hujumkor pozisiyani ifodalaydi, hozirgi “mudofaa” so‘zi esa faqat himoyaga ishora qiladi.
👉 Shuningdek, iyun oyida Tramp Blijniy Sharqdagi vaziyatni hisobga olgan holda, Pentagon rahbarining lavozimini “Urush vaziri” deb nomlashni ham ko‘rib chiqish mumkinligini aytgan edi.