Yakshanbaga o‘tar kechasi Afg‘onistonning sharqiy tog‘li hududlarida 6,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Undan keyin ham bir nechta kuchli yer silkinishlari (aftershoklar) qayd etilgan. Tolibon hukumati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila oqibatida 800 dan ortiq odam halok bo‘lgan, kamida 2800 kishi jarohat olgan.
Zilzilaning episentri Kunar viloyatida joylashgan. Qutqaruv ishlariga qo‘chqilar, suv toshqinlari va tog‘li rel’ef jiddiy to‘siqlik qilmoqda.
Masud kabi chekka qishloqlarga faqat piyoda yoki vertolyot orqali borish mumkin. Kunar viloyatining Asadobod shahridagi markaziy kasalxona shifokorlari holatni “nazoratdan chiqqan inqiroz” deb atashdi — bemorlar har bir necha daqiqada olib kelinmoqda.
Tolibon hukumati vakili Zabixulloh Mujohid tasdiqlashicha, yuzlab odamlar vayronalar ostida qolmoqda, kasalxonalar esa to‘lib ketgan. Mudofaa vazirligi yordamga 30 nafar shifokor va dori-darmon yuborgan, biroq yo‘llarning vayron bo‘lishi va davom etayotgan aftershoklar harakatni qiyinlashtirmoqda.
Tolibon insonparvar tashkilotlardan dala kasalxonalari, dori-darmon, oziq-ovqat va toza ichimlik suvi bilan yordam berishni so‘radi.
Bu falokat fonida Afg‘onistonning sanksiyalar va iqtisodiy inqirozga yuz tutgani muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. 2021 yilda Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin, AQSh sanksiyalari sog‘liqni saqlash tizimining qulashga olib keldi.
Bundan tashqari, Eron va Pokistondan 2 million afg‘onning majburiy qaytarilishi ham yuklama va bosimni keskin oshirib yubordi.
Avvalroq Lag‘mon viloyatida 30 kishi jarohat olgani, ularning aksariyati ayollar ekani xabar qilingan. Nuristonda esa zarar bo‘yicha baholash ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar qurbonlar soni yana ortishi mumkin deb ogohlantirmoqda, chunki yuzlab odamlar hanuzgacha bedarak yo‘qolgan.