Agentlikning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo 10 ta davlat Kopengagendagi YEI tashqi ishlar vazirlari norasmiy yig‘ilishi arafasida ittifoq ichida tashqi siyosiy qarorlar bo‘yicha ovoz berish tamoyilini bir ovozdan qabul qilish tartibidan malakali ko‘pchilik tizimiga o‘tkazish imkonini beruvchi huquqiy mexanizmlarni ko‘rib chiqqan.
"Bu o‘zgarishlar keng qo‘llab-quvvatlanadigan qarorlarning ayrim davlatlar tomonidan bloklanishi ehtimolini bartaraf etadi. Bunday holatlarga Ukrainaga oid tashabbuslarga, xususan, mablag‘ ajratishdan tortib, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishigacha izchil qarshi chiqib kelayotgan Vengriyaning harakatlarini misol keltirish mumkin", deya yozmoqda Bloomberg.