Daniyaning Tinglev va Kliplev shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan avariya oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, kamida 20 kishi jarohatlangani xabar qilindi.
Milliy matbuot xabariga ko‘ra, poytaxt Kopengagendan Sonderborgga yetib borishi kutilayotgan yo‘lovchi poyezdi Tinglev va Kliplev shaharlari orasida relsdan chiqib ketgan.
Polisiya bergan bayonotda, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, kamida 20 kishi jarohatlangan.
Daniya matbuotida chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Germaniyadan tez yordam mashinasi yetib kelgan va qidiruv-qutqaruv ishlari itlar va dronlar yordamida olib borilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan yo‘nalishda dam olish kunlariga rejalashtirilgan poyezdlar qatnovi bekor qilingani ma’lum qilindi.
Daniya transport vaziri Tomas Danielsen matbuot anjumanida holat batafsil tekshirilishini bildirdi.