So‘nggi to‘rt kun ichida Gresiya hududida 242 ta o‘rmon yonishi qayd etildi. Bu haqda mamlakat yong‘in xavfsizligi ofiserlari assosiasiyasi raisi Kostas Sigas ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlardagi issiq havo va kuchli shamol yong‘inlarning tarqalishini yanada og‘irlashtirmoqda.
«Global iqlimiy inqiroz mamlakatimizni ham, butun dunyoni ham qamrab olgan. Bu sharoit yong‘inlarning kengayishiga va tabiiy resurslarga tahdid solmoqda», — dedi Sigas.
Shuningdek, Patra atrofida, Zakintos oroli va Yaninada yong‘inlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan qator shaxslar qo‘lga olingani ma’lum qilindi.