Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Rossiyaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirishda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Evropa Rossiyaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirishda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Bu haqda Yevropa Kengashi prezidenti, Yevrokomissiya rahbari, Buyuk Britaniya bosh vaziri, Fransiya prezidenti, Italiya bosh vaziri, Germaniya kansleri, Finlyandiya prezidenti va Polsha bosh vaziri tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda so‘z boradi.

Evropa yetakchilari Tramp va Zelenskiy bilan Yevropa qo‘llab-quvvatlovi ostida Rossiya, AQSh va Ukraina yetakchilarining uch tomonlama sammitini o‘tkazish ustida ishlashga tayyorliklarini bildirishdi.

Shuningdek, Yevropa mamlakatlari Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi, uning qurolli kuchlari va boshqa davlatlar bilan hamkorligi hech qanday cheklovlarga duch kelmasligi lozimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya yetakchilari Kiyevga qurol yetkazib berishda har qanday cheklovlarni istisno qilmoqda.

Evropa yetakchilari hududlar masalasida qaror qabul qilish huquqi Ukrainaga tegishli ekanini alohida ta’kidlashdi.

Shu bilan birga, ular Rossiya Ukrainaning Yevroittifoq va NATO bilan integrasiya jarayoniga to‘sqinlik qilmasligi kerak, deb hisoblashlarini bildirishdi.

Kiritildi: 15:46 16.08.2025. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!