Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Hozir eng muhimi shunchaki o‘t ochishni to‘xtatish emas, balki tinchlik kelishuviga erishishdir —AQSh prezidenti

Hozir eng muhimi shunchaki o‘t ochishni to‘xtatish emas, balki tinchlik kelishuviga erishishdir —AQSh prezidenti

Donald Tramp bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvdan ham, undan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan o‘tkazilgan telefon suhbatdan ham mamnunman. Hamma “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi dahshatli urushni tugatishning eng yaxshi yo‘li bu urushni yakunlaydigan tinchlik kelishuviga erishish, tez-tez buziladigan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim emas”, degan yagona fikrga keldi", — deb yozdi AQSh prezidenti.

Tramp, shuningdek, dushanba kuni kunduzi Zelenskiy Vashingtondagi Oq uy Oval kabinetiga kelishini bildirdi.

"Agar hammasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, biz prezident Putin bilan uchrashuvni tashkillashtiramiz. Bu millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Donald Tramp.

Kiritildi: 15:12 16.08.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!