Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreyada it go‘shti fermalari yopilmoqda

Janubiy Koreyada it go‘shti fermalari yopilmoqda

2024 yil avgustidan kuchga kirgan qonundan so‘ng mamlakatdagi it go‘shti yetishtiriladigan 1537 ta fermaning 1072 tasi (70%) yopildi.

Yopilgan fermalarda 346 ming bosh it bo‘lib, bu go‘sht uchun boqilgan barcha itlarning 74%ini tashkil etardi.

📉 Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025 yil oxirigacha bunday fermalarning 75%dan ortig‘i yopilishini kutmoqda. Vazirlik vakillari buni jamoatchilikning “it go‘shtini taqiqlash avlod burchi” degan qarashi va hukumat imtiyozlari bilan bog‘ladi.

⚖️ Qonun itlarni ko‘paytirish, so‘yish, tarqatish va go‘sht uchun sotishni taqiqlaydi. Shuningdek, sohadagi odamlarga kasbini o‘zgartirish uchun subsidiya beriladi.

2027 yildan keyin qonunni buzganlar 2 yilgacha qamoq yoki 30 mln von (~21 ming $) jarimaga tortiladi.

Kiritildi: 13:35 16.08.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!