Yangi tayinlangan elchi ushbu mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekistonning Fijidagi elchisi etib tayinlangan Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ushbu mamlakat prezidenti Ratu Naykama Tavakekolati Lalabalavuga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Tantanali marosim avvalida faxriy qorovul saf tortib, O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi hamda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi.
Rasmiy tadbirlardan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston va Fiji o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm kabi yo‘nalishlardagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va Fiji o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2010 yil 16 iyun kuni o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Muxsinxo‘ja Abdurahmonov 2021 yil 27 sentyabr kuni Yaponiya Imperatori Naruxitoga O‘zbekiston elchisi sifatidagi ishonch yorliqlarini topshirgan edi.