Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi.
Joriy yilning 11 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Xolmo‘min Yodgorovni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, majlisda o‘tgan besh yil davomida Sudyalar oliy kengashi tomonidan mamlakatimizda sud hokimiyatining nufuzi va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.