Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Xurobod” MFY hududidagi savdo do‘konida alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelib, 206 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, davom etgan tadbirda fuqaro A.A. qalbaki alkogol mahsulotlarini “Q.S.” MCHJ qarashli “Yangi hayot” MFYdagi savdo do‘konidan olib kelganligi aniqlanib, ushbu MCHJ savdo do‘konidan umumiy bahosi 145 mln so‘mlik turli nomdagi 6 511 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.