Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbek hamshirasi 1800–2200 yevro maosh olishi mumkin, agar...

O‘zbek hamshirasi 1800–2200 yevro maosh olishi mumkin, agar...

Italiya hukumati bilan kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonlik hamshiralar Milan shahri klinikalarida ishlash uchun taklif etilmoqda.

Dastur doirasida nomzodlar 3 oylik stajirovkadan o‘tib, keyin to‘liq muddatli mehnat shartnomasi imzolaydilar.

Nomzodlarga oyiga 1200–1500 yevro maosh, bepul turar joy, tushlik va italyan tili kurslari taklif qilinadi. Stajirovka yakunida 1800–2200 yevro maoshli mehnat shartnomasi tuzish yoki avvalgi ish o‘rniga qaytarish imkoniyati beriladi.

Talablar: “Oliy hamshiralik ishi” bo‘yicha oliy ma’lumot, kamida 3 yil ish tajribasi, 20–45 yosh, sog‘lomligi va xorijga chiqishga cheklovi yo‘qligi.

Kerakli hujjatlar: pasport nusxasi, diplom, ingliz tilida ob’ektivka ma’lumotnoma (namuna bo‘yicha), so‘nggi uch oyda olingan 3,5 x 4,5 sm rangli fotosurat.

Arizalar 2025 yil 15 avgustga qadar qabul qilinadi. Birinchi bosqichda 10 nafar nomzod tanlab olinadi.

Kiritildi: 14:20 11.08.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!