Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Samarqandda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “N.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. fuqaro M.A.ga “Badal” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 8 000 AQSh dollarini bo‘nak sifatida qo‘lga kiritib, 17 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:45 11.08.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!