Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron yadroviy dasturda ishlayotgan olimlarini yashirin va xavfsiz hududlarga joylashtirdi

Eron yadroviy dasturda ishlayotgan olimlarini yashirin va xavfsiz hududlarga joylashtirdi

Bundan eng birinchi maqsad Isroil hujumlaridan himoya qilishdir, deb yozmoqda The Telegraph.

Gazeta manbalariga ko‘ra, Isroilning hujumlari davomida 30 dan ortiq eronlik olim o‘ldirilgan. Shu sababli Tehron xavfsizlik choralarini keskin kuchaytirib, tirik qolgan mutaxassislarni doimiy qo‘riqlanadigan maxsus binolarga joylashtirgan.

"Eron yadroviy dasturini shunday tashkil qilganki, har bir muhim olimning o‘rnini bosuvchi yordamchisi bor va ular 2-3 kishilik kichik guruhlarda ishlaydi. Tirik qolganlar orasida portlovchi moddalar, neytron fizikasi va jangovar kallak ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar bor. Isroil ularni “strategik nishon” deb biladi", deya yozmoqda The Telegraph.

Kiritildi: 22:05 10.08.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!